«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» qonun qabul qilinadi

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.
Valyuta siyosatini iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, biznes va investitsiyaviy muhitni yaxshilash maqsadida yangi tahrirda «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida hamda tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish hamda valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish kabi muhim vazifalar nazarda tutiladi.
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishga Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura mas’ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter