Vazirlar endi oddiy reys bilan uchadi

Germaniya hukumat laynerlari endi faqat bir necha yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar uchungina xizmat qiladi. Ko‘pchilik hukumat a’zolari xizmat safarlarini oddiy reysli samolyotlarda amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar qilmoqda «Korrespondent.net».
Hukumat laynerlari federal prezident, kansler, vitse-kansler hamda ichki va tashqi ishlar vazirlari uchun xizmat ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, hukumat samolyotlarida yuz bergan qator halokat va texnik nosozliklardan so‘ng prezident Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Angela Merkelni parvoz davomida zahiradagi samolyot kuzatib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter