Xalq banki raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qarori bilan Farhod Islomovich Salomov O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Har bir qishloqda, aholi yashaydigan joyda, har bir xo‘jalik hududida bank infrastrukturasini yaratish, respublikada yashovchi har bir kishi bank xizmatlari tizimidan foydalanishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazgan holda aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatish AT Xalq bankining asosiy vazifalaridan etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter