Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro press-klub ishtirokchilari ziyoratda

Xalqaro press-klub ishtirokchilari ziyoratda

Foto: «Xabar.uz»

Xalqaro press-klub ishtirokchilari Varganza qishlog‘idagi xalq kutubxonasining ochilish marosimidan so‘ng Bashir qishlog‘idagi Hazrati Beshir ziyoratgohida ham bo‘ldilar.

XPK ishtirokchilari klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyevlar rahbarligida Sulton Said Ahmad Ali – Hazrati Beshirning qabrini,  u kishi suv ichgan buloqni ziyorat qildilar.

Mutasaddilar Hazrati Beshir otaning tarixini, avlodlari tarixini, bu yerga dafn qilingan boshqa insonlar, xususan, Mo‘g‘uliston podshohining tarixini, ziyoratgohdagi pistalar tarixini, Hazrati Beshir otaning hassasi deb hisoblanadigan, hali ham ko‘karib turgan archa daraxti tarixini hikoya qilib berishdi.

Ziyoratchilarga tashkil qilingan bir piyola choy ustidagi suhbatda esa Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev bu ziyoratgohda rejalashtirilayotgan obodonchilik ishlari haqida so‘zlab berdi.

Karimberdi To‘ramurod,

«Xabar.uz»ning maxsus muxbiri.

Qashqadaryo viloyati Bashir qishlog‘i

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring