«Xalqimizni sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘rayapti» — Prezident
Mamlakatimizda farmatsevtika bozori hajmi 2 milliard dollarga yetdi.
Lekin, bu bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi fizik hajmda 40-45 foiz bo‘lsa-da, pul qiymatida 20 foizdan oshmaydi.
Oddiy qilib aytganda, o‘zimizda ishlab chiqarish bint, spirt, shprits, analgin va sitramondan nariga o‘tmayapti.
Dorilarni yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.
Dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, «pul ishlash» uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizni sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘rayapti», — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter