Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Suriyaning qayta tiklanishiga yordam beradi

Xitoy Suriyaning qayta tiklanishiga yordam beradi

Foto: TASS

Pekin o‘z salohiyatidan kelib chiqqan holda urushdan so‘ng Suriyani qayta tiklashda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda seshanba kuni Xitoy hukumatining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Se Syaoyan.

Diplomat ta’kidlaganidek, Xitoy bir necha marta Suriyaga moliyaviy va moddiy yordam ko‘rsatgan. «Mening bilishimcha, Xitoyning ba’zi kompaniyalari allaqachon Suriyadagi hamkasblar bilan aloqa o‘rnatgan», — deya qo‘shimcha qildi u.

Se Syaoyan ayni paytda Suriyaning tiklanishiga katta resurslar talab qilinishini ta’kidladi, bu esa ko‘pgina mamlakatlar birgalikda harakat qilishini taqozo etadi. «Suriyaning tiklanishida ishtirok etish siyosat bilan belgilanishi mumkin emas», — dedi u.

Se Syaoyan, shuningdek, Suriyadagi vaziyatning yaxshilanishi mintaqada tarqalishi mumkin bo‘lgan terrorizm xavfining butunlay bartaraf etilishi uchun zarurligini ta’kidladi.

«Suriyadagi kelishuvga muzokaralar orqali erishish mumkin, — dedi Se Syaoyan. — Ushbu maqsadga erishish uchun biz mamlakat hukumati bilan ham, muxolifat bilan ham muloqotni davom ettiramiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring