Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik shifokorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

Xitoylik shifokorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida 14 nafar shifokor-mutaxassislar Nukusda bo‘lib, SOVID -19 virusiga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha zarur amaliy maslahatlarini berishdi.

Mehmonlar dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida xastalikka chalingan bemorlarni davolashning bugungi ahvoli bilan tanishdilar. Ular shu yerning o‘zida yuqumli kasalliklar kasalxonasi shifokorlari va boshqa mutaxassislar ishtirokida onlayn tarzda videoseminar o‘tkazib, o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda zarur maslahatlarni berishdi.

— Biz O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham bo‘ldik. Virusga qarshi ishonchli vaksina hali topilmagan bo‘lsa ham karantin tartibi joriy qilinishi orqali kasallik keng tarqalishining oldi olinmoqda. Odamlar bo‘lar-bo‘lmasga ko‘chaga chiqishmayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu halq hukumat qo‘llayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab quvvatlayotganidan darak beradi, — deydi Szyansi provinsiyasi Sog‘liqni saqlash byurosi boshlig‘i o‘rinbosari Luo Lisheng.

Qoraqalpog‘iston «Xabar» agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda 104 nafar fuqaro koronovirusga chalingan. Shundan 29 nafari to‘liq tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring