Yana 4 ta hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 19-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16752 (+145) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 29 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 13 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 108 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafari, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar, jami 152 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 9279 (+152) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 7386 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter