Yana 4 ta hududda koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi

2020-yil 27-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 447 (+109) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Toshkent viloyatida, 26 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Qarshi shahrida yashagan 50 yoshli B.X. (erkak) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 458 nafar, Toshkent viloyatida 126 nafar, Samarqand viloyatida 18 nafar, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 7 nafardan, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida 2 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 37 200 (+638) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 949 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter