Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikki hududda aholi orasidan koronavirus chiqdi

Yana ikki hududda aholi orasidan koronavirus chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 4-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3874 (+31) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘istondan chegara post orqali kelishgan) fuqarolar orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda, qolgan 8 nafari esa Toshkent shahrida (shundan 3 nafar aholi orasida, yana 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari xorijdan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 844 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring