Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana rekord. Faqat bu safar ko‘rsatkich salbiy

Yana rekord. Faqat bu safar ko‘rsatkich salbiy

Bugun mamlakatimizda, afsuski, 276 holatda kasallik aniqlanib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Shundan 243 nafari Karantin muassasalarida, 24 nafari aholi orasida (shundan 17 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, yana 2 nafari Jizzax viloyati hamda 1 nafari Andijon viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan, deyiladi SSV xabarida.

Avval xabar qilinganidek, bugun rekord darajada 192 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7177 nafar bemordan 4877 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2280 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologik laboratoriyalarda «COVID-19» infeksiyasiga bugunning o‘zida 21 148 ta, epid mavsum davomida esa 1 121 236 ta test sinovi bepul o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring