Yana uchta hududda yuzdan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi

2020-yil 16-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 109 (+165) nafarni tashkil etmoqda.
SSVning xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining, 149 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Buxoro viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 30 664 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4215 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter