Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi virus tufayli ko‘pgina davlatlar Buyuk Britaniya bilan aloqani uzmoqda

Yangi virus tufayli ko‘pgina davlatlar Buyuk Britaniya bilan aloqani uzmoqda

Foto: «Charter97.org»

Fransiya Buyuk Britaniya bilan aviaparvozlar va temir yo‘l aloqalarini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 20-dekabr kuni BFM.TV telekanali ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi qaror bugun e’lon qilinishi kutilmoqda. Parij yevropalik hamkorlari bilan harakatlarni muvofiqlashtirishni kutmoqda. Bunga Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Belgiya xuddi shunday qaror qabul qilgan edi. Aloqa kamida bir kunga uzib qo‘yildi.

Yakshanba kuni ertalab Gollandiya rasmiylari 1-yanvargacha Buyuk Britaniyadan aviareyslarni qabul qilishni to‘xtatdi. Chunki avvalroq mamlakatda koronavirusning yangi turi aniqlangan edi.

Kuni kecha Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda aniqlangan koronavirus shtammining o‘ta yuqumli kasallik ekanligini e’lon qildi. Koronavirusning bu turi oldingi shtammdan 23 ta farqi bo‘lib, ulardan ba’zilari «xavotirli».

Angliya bosh shifokori, professor Kris Uittining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi koronavirus turi katta tezlikda tarqalmoqda, aholidan yanada ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi.

Shu bilan birga, mamlakatda koronavirusga qarshi bepul emlash kampaniyasi boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring