Yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi nima qilishi lozim?

Adliya vazirligi kanalida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchilar nimalar qilishi lozimligi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Unga ko‘ra haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:
— transportni to‘xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to‘xtash belgisini o‘rnatishi, transportni va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo‘zg‘atmasligi;
— shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishi;
— tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirishi;
— shoshilinch hollarda shikastlanganlarni yaqindagi shifoxonaga boshqa transportda jo‘natishi, buning imkoni bo‘lmaganda o‘z transportida olib borish va hodisa ro‘y bergan joyga qaytib kelishi;
— boshqa transportlarning harakatiga to‘sqinlik qilsa qatnov qismini bo‘shatishi;
— hodisa haqida ichki ishlar organlariga xabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, ichki ishlar xodimlarining kelishini kutishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter