Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoz faslining oxirgi kuni yurtimizda koronavirus bo‘yicha vaziyat qanday kechdi?

Yoz faslining oxirgi kuni yurtimizda koronavirus bo‘yicha vaziyat qanday kechdi?

Shu yilning 31-avgust kuni mamlakatimizda 365 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring