Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar 92 foizga yetdi

SSV xabariga ko‘ra, bugun ayni paytga qadar yurtimizda koronavirusga chalingan 554 nafar bemor sog‘aydi.
Jumladan, Toshkent shahrida 397 nafar, Toshkent viloyatida 126 nafar, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 7 nafardan, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida 2 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 37 116 (+554) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter