Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zalujniy: Ukraina urushi 2034-yilgacha davom etishi mumkin

Zalujniy: Ukraina urushi 2034-yilgacha davom etishi mumkin

Ukrainadagi harbiy mojaro 2034-yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bunday prognozni Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, ayni damda Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy “Leviy bereg” nashrining Youtube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Uning qayd etishicha, Ukrainadagi mojaro yangi bosqichga o‘tgan. Zalujniyga ko‘ra, agar Kiyev kelajak uchun mudofaani shakllantirmasdan, faqat o‘t ochishni to‘xtatishga intilsa, Rossiya Federatsiyasi bilan to‘qnashuv yillarga cho‘zilishi mumkin. 

"2014-yilda boshlangan bo‘lsa, Xudo ko‘rsatmasin, 2034-yilda tugaydi", dedi Zalujniy. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, na Ukrainada, na Rossiyada bunday urush uchun yetarli odam yo‘q.

Eslatib o‘tamiz,  Zalujniy 2024-yil qishida lavozimdan olingan va Britaniyaga elchi sifatida jo‘natilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring