Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda kasallanish o‘choqlari paydo bo‘ldi. Shahar «sariq» hududdan «qizil»ga o‘tkazildi

Zarafshonda kasallanish o‘choqlari paydo bo‘ldi. Shahar «sariq» hududdan «qizil»ga o‘tkazildi

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga o‘zgartirish kiritmagan holda «sariq» toifada bo‘lgan Zarafshon shahri «qizil» toifadagi hududga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik holatdan kelib chiqib, «qizil» toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring