O‘zbekiston vazmin va betaraf pozitsiyada – TIV

TIVda YI va unga a’zo davlatlar, shuningdek, Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQShning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlari haqida ma’lumot berdilar va xalqaro hamjamiyatning o‘t ochishni tezda to‘xtatish, konstruktiv muzokaralar jarayonini o‘tkazish va ushbu mamlakatda xalqaro gumanitar huquqni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston tomoni respublikaning ushbu masala bo‘yicha vazmin va betaraf yondashuv hamda vaziyatni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiriqni ko‘zda tutadigan o‘zgarmas pozitsiyasini bildirdi.
O‘zbekiston Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgani, Ukraina bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter