Kataloniya politsiyasi «Barselona» prezidentini korrupsiyada ayblamoqda

Kataloniya politsiyasi «Barselona» futbol klubi prezidenti Xosep Bartomeuni korrupsiyada ayblamoqda, deb yozadi ispanlarning «El Mundo» gazetasi.
Tergov xulosasiga ko‘ra, Bartomeu klub nomidan amalga oshirilgan kelishuvlar uchun pul olgan. Politsiya, shuningdek, «Barselona» prezidentini qarshi turuvchilarga nisbatan reputatsion hujum qilishda ayblamoqda. Ular orasida jamoaning amaldagi o‘yinchilari Lionel Messi va Jerar Pike hamda «Barselona»ning sobiq futbolchilari Xavi va Karles Puyol ham bor.
Ayblovchi tomonning ta’kidlashicha, reputatsion kiberataka bo‘yicha kampaniyaga to‘lovni Bartomeu tasdiqlagan: uning narxi bozor narxidan olti baravar qimmat. Klub prezidentga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Xosep Bartomeu 2014-yildan beri «Barselona» prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Jamoa sardori Lionel Messi uni bir necha marta tanqid qilgan, hatto, rahbariyat bilan kelishmovchiliklari tufayli klubni tark etmoqchi ham bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter