Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning kuyovi G‘azo bo‘yicha taklif qilgan loyiha tanqidga uchradi

24/01, 14:24

Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumida AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner vayron etilgan G‘azo sektorini tiklash bo‘yicha loyihani taqdim etdi.

Putin Tinchlik kengashiga muzlatilgan aktivlaridan 1 mlrd dollar bermoqchi

22/01, 16:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh tomonidan muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan 1 milliard dollarni Tinchlik kengashiga yo‘naltirish imkoniyatini bildirdi. Uning aytishicha, bu qadam Rossiyaning falastin xalqi bilan mavjud alohida munosabatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.

G‘azoni tiklash uchun Tinchlik kengashi tuziladi – Tramp

16/01, 16:20

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini qayta tiklash bilan shug‘ullanadigan Tinchlik kengashi tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Kengash tarkibi hozircha oshkor etilmagan, u yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan buyon 100 dan ortiq bola halok bo‘ldi

14/01, 08:51

Har kuni o‘rtacha bir o‘g‘il yoki qiz dunyodan o‘tmoqda.

OAV: Isroil G‘azoda yangi urushni boshlashnt ko‘zlamoqda

11/01, 11:28

AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida muzokaralar olib borilgan kelishuv shartlariga ko‘ra, HAMAS jangchilari qurollarini topshirishlari kerak edi.

Isroil G‘azodagi vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi qaror qabul qildi

02/01, 14:51

Buyuk Britaniya, Fransiya kabi o‘nga yaqin yetakchi davlatlar esa Isroilni ushbu bir tomonlama qarorni bekor qilishga chaqirgan.

G‘azoda 740 ming kishi oqova suvlar bilan suv bosish xavfi ostida — G‘arb davlatlari Isroilni chora ko‘rishga chaqirdi

31/12, 12:58

Kuchli yomg‘irlar va sovuqlar sabab G‘azo sektordagi gumanitar vaziyat yanada og‘irlashdi.

Netanyaxu G‘azo bo‘yicha yangi operatsiyani boshlamoqchi

29/12, 15:41

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Floridaga bordi. Bugun kechqurun u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu ikki siyosatchi Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri oltinchi marta uchrashyapti.

G‘azo aholisining to‘rtdan uch qismi ocharchilik girdobida qoldi

19/12, 22:31

9-oktyabr kechasi AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil hukumati va Hamas Vashingtonning G‘azo mojarosini hal qilish bo‘yicha taklif qilingan rejasining birinchi bosqichiga rozi bo‘lganini e’lon qildi.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

06/12, 09:11

Al Arabiya telekanaliga juma kuni bergan intervyusida HAMASning yuqori martabali rasmiysi harakat G‘azo sektoridagi boshqaruvni endilikda davom ettirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, HAMAS allaqachon G‘azoni kelgusi bosqichda boshqarish uchun texnokratlardan iborat maxsus qo‘mitani tuzishga rozilik bildirgan.

G‘azoda isroilparast qo‘mondon o‘ldirildi

05/12, 21:09

Muxolifat siyosatchilari va Isroil ommaviy axborot vositalari Yasir Abu Shabab Isroil Bosh xavfsizlik xizmati (Shin Bet) loyihasi ekanligini da’vo qilishdi.

Ғазода оммавий тўй: элликдан ошиқ оила бир пайтда турмуш қурди

04/12, 21:02

Очиқ ҳавода ўтказилган тадбир давом этаётган гуманитар инқироз шароитида маҳаллий аҳолига қисқа бир лаҳзалик қувонч бағишлаган кам сонли оммавий тадбирлардан бири бўлди.

Isroil armiyasi va HAMAS o‘rtasidagi otishmalar qayta avj oldi

21/11, 12:39

Falastin manbalariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi Xon-Yunus atrofida yuz bergan hujumlar natijasida oxirgi kunlarda 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida bolalar va ayollar ham borligi xabar qilinmoqda.

BMT Xavfsizlik kengashi Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini qabul qildi

18/11, 03:42

Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlatdan 13 tasi ushbu rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi.

Isroil 15 nafar falastinlikning jasadini qaytardi

14/11, 15:27

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari Isroil hukumati tomonidan yana 15 nafar falastinlikning jasadi qaytarilganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times of Israel manbasi xabar bergan.

G‘azoda kuchli zarbalar oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi

29/10, 21:52

Isroil anklavga havo zarbalari berdi.

«Qassobga yog‘ qayg‘usi». Trampning kuyovi gumon ostida

21/10, 11:10

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner yaqinda Isroilning G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishida asosiy vositachi vazifasini bajargan edi. Buyuk Britaniyaning «The Guardian» gazetasi yozishicha, Kushnerning tinchlikparvar missiyasi ortida ehtimoliy tijoriy manfaatlar turibdi.

OAV: 10 mingdan oshiq G‘azolikning jasadi vayronalar tagida qolmoqda

20/10, 20:39

Birgina G‘azo shahridagi 4000 ga yaqin aholining jasadi haligacha topilmagan.

OAV: urush to‘xtagandan so‘ng ham ellikdan oshiq G‘azolik halok bo‘ldi

19/10, 21:40

HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga amal qilayotganini aytgan.

Bunday hodisa XXI asrda ro‘y berganiga ishongingiz kelmaydi – ekspert

16/10, 16:05

Odamzodning yaqin tarixi mobaynida ko‘plab qatliomlar, xunrezliklar sodir etilgan, ammo inson huquqlari kafolatiga doir xalqaro hujjatlar amalda bo‘lgan XXI asrda ommaviy o‘limlarning ro‘y berishi aqlga sig‘maydi. Inson huquqlari bo‘yicha ekspert Huriye Yildiz Kantaro‘g‘lu 2023 yil 7 oktyabrdan keyin G‘azo sektorida ro‘y bergan fojiani ana shunday izohlagan.

G‘azoni tiklashga qancha pul kerak?

15/10, 09:26

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi jami inshootlarning qariyb 83 foizi vayron bo‘lgan.

G‘azo bo‘yicha rejaning ikkinchi bosqichi boshlandi, Isroil norozi

14/10, 23:05

Yahudiy davlati marhumlar to‘liq qaytarilmaganini iddao qildi.

Ўзбекистон Ғазодаги келишув бўйича баёнот берди

09/10, 18:40

АҚШ Президенти Доналд Трампнинг Ғазо секторида ўт очишни тўхтатиш ва гаровга олинганларни озод этиш бўйича ташаббуси олқишланди.

HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi — birinchi bosqich ortda qoldi

09/10, 07:19

Bugun Misrda kelishuv rasman imzolanishi kutilmoqda.

Isroil G‘azo shahrini bosib olishni to‘xtatdi

04/10, 14:08

HAMAS Trampning shartlarini bajaradi.

Dunyodagi eng yirik musulmon davlat G‘azoga qo‘shin yubormoqchi

24/09, 20:44

Prabovo Subiantoga ko‘ra, Indoneziya BMTning tinchlikparvar missiyasida faol qatnashib kelayotgan davlat sifatida G‘azo sektorida tinchlikni mustahkamlashda ham jonbozlik ko‘rsatadi.

HAMAS G‘azoni boshqarishda hech qanday rol o‘ynamaydi — Falastin prezidenti

23/09, 10:02

HAMAS boshqa guruhlar kabi Falastin milliy ma’muriyatiga qurollarini topshirishi shart.

Isroil hujumi sabab yarim million G‘azolik janubga ketishga majbur bo‘ldi

19/09, 18:37

G‘azo shahrida hujumdan avval 1 mln kishi yashagan.

AQSh G‘azo bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga oltinchi marta veto qo‘ydi

19/09, 09:46

Faqat AQSh qarshi ovoz berdi, qolgan 14 a’zo hujjatni qo‘llab-quvvatladi.

Yevropa Ittifoqi Isroilga iqtisodiy yordamni to‘xtatadi

17/09, 20:49

Bu G‘azo sektoridagi xunrezliklar bilan bog‘liq.

BMT komissiyasi Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi

16/09, 13:47

Isroil G‘azo sektorida genotsidni davom ettirmoqda, uning aholiga nisbatan harakatlari 1948-yildan beri eng shafqatsiz tusga kirdi.

Isroil G‘azo shahrining 40 foizini to‘liq bosib oldi

04/09, 23:35

Shu bilan birga ayrimlar operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida farazlar yangramoqda.

Faqat G‘azoda emas: Isroilning Suriyaga hujumi dahshatli yakunlandi

27/08, 22:29

Damashq yaqinida Isroilning dron hujumi oqibatida olti nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan.

Tramp bugun G‘azo bo‘yicha «katta yig‘ilish» o‘tkazadi

27/08, 10:50

Amerika ma’muriyati urushdan keyingi G‘azoni tiklash bo‘yicha «keng qamrovli reja»ni tayyorlamoqda.

Isroil G‘azodagi Nasser shifoxonasini bombardimon qildi

25/08, 16:00

Xabarlarga ko‘ra, hujumlar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, ular orasida to‘rt nafar jurnalist bor.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar: otashkesim umidi va yangi hujumlar

22/08, 14:10

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir paytda, tomonlar orasida 60 kunlik otashkesim haqida muzokaralar qayta yo‘lga qo‘yildi. HAMAS Qatar va Misr vositachiligida taklif etilgan kelishuvni qabul qilganini ma’lum qildi.

"Bu o‘ta xavfli qadam!” – BMT bosh kotibi ogohlantirmoqda

22/08, 11:58

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil ma’muriyati ma’qullagan ishg‘ol ostidagi Falastin hududi – G‘arbiy Sohilda yahudiylar uchun 3400 dan ziyod uy barpo etish rejasini keskin qoralab bayonot berdi.

Madonna Rim papasini G‘azoga borishga chaqirdi

13/08, 09:07

«Ona sifatida ularning (g‘azolik bolalarning) azoblanishiga chiday olmayapman. Dunyodagi jami bolalar — barchamizning farzandlarimiz, ular har birimizga tegishli».

Isroil «Al-Jazira» telekompaniyasining besh xodimini qasddan o‘ldirdi

11/08, 07:47

Anas al-Sharif sababli butun dunyo G‘azo sektorida aslida nimalar yuz berayotganidan xabar topdi.

So‘nggi 22 oy ichida G‘azoda 18 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi – UNICEF

09/08, 13:40

Payshanba kuni Lissabon G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinlik bolalar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shahar markazidagi maydonda qurolli mojaro qurbonlarining ismlari baland ovozda o‘qildi.

G‘azoliklarni qirishga chorlagan isroillik futbolchini nemislar ortiga qaytarishdi

06/08, 12:18

Germaniyaning «Fortuna Dyusseldorf» klubi, muxlislarning bosimi tufayli, isroillik hujumchi Shon Vaysman bilan rejalashtirilgan shartnomani bekor qildi.

G‘azo bolalari isroillik askarlarning nishoniga aylangan — BBC

02/08, 17:08

Bolalarning 95 foizi boshi yoki ko‘kragidan o‘q yeb nobud bo‘lgan. Aksariyat qurbonlar — 12 yoshdan kichik...

Isroil inson huquqlari tashkilotlari Netanyahu hukumatini ayblab chiqdi (foto)

29/07, 14:17

Isroildagi ikki yetakchi inson huquqlari tashkiloti – B'Tselem hamda Physicians for Human Rights mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumatini falastinliklarga nisbatan genotsid sodir etishda aybladi.

Dahshatli statistika: har bir raqam ortida inson bor

19/07, 19:11

650 kundan buyon davom etayotgan urush mobaynida Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 125 ming tonnadan ziyod bomba va portlovchi modda tashladi. Bo‘lgadagi binolarning 88 foizi vayron qilingan.

XXI asrdagi biror urushda bunday holat kuzatilmagan – professor

13/07, 11:22

London universiteti huzuridagi Hollouey qirollik kolleji professori Maykl Spagat boshchiligida ilmiy tadqiqot olib borgan olimlar guruhi ana shunday xulosa keldi.

HAMAS Vashington taklifiga «ijobiy javob» berdi – BBC

05/07, 12:55

HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha Vashington tomonidan ilgari surilgan so‘nggi taklifga «ijobiy javob» berganini ma’lum qilgan. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.

G‘azoda yana bir noxush hodisa kuzatildi

04/07, 17:23

G‘azo sektoridagi insonparvarlik jamg‘armasining amerikalik xodimlari yordam so‘rab kelgan tinch aholi vakillarini o‘qqa tutdi.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

02/07, 16:25

Isroil G‘azo sektori aholisi, xususan, bolalarni atayin och qoldirmoqda, ya’ni ochlikdan qurol sifatida foydalanmoqda.

Tramp-Netanyahu kelishuvi: G‘azo jiddiy o‘zgarishlar arafasida

28/06, 17:45

Donald Tramp va Benyamin Netanyahu G‘azo sektorida urushni to‘xtatish jarayonini tezlatish va arab mamlakatlari bilan munosabatlarni izga solishga kelishib oldi.

BMT Bosh assambleyasi G‘azoda o‘t ochishni darhol to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi

13/06, 10:48

Rezolyusiya qabul qilinishini yoqlab 149 mamlakat ovoz berdi.

HAMAS Isroil bilan kelishdimi? So‘nggi ma’lumotlar

29/05, 23:12

Arab OAVlari kelishuv haqida yozdi, AQSh inkor etdi.

Makron: G‘azodagi vaziyat insonparvarlikka zid

18/05, 08:03

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron G‘azo sektoridagi gumanitar holatni «insonparvarlikka zid» deb baholadi.

Emmanuel Makron: Vaziyat chidab bo‘lmas darajada...

17/05, 13:01

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘azo sektorida gumanitar inqiroz chidab bo‘lmas darajaga yetgani haqida bayonot berdi.

Isroilning so‘nggi havo hujumlari oqibatida G‘azoda 18 kishi halok bo‘ldi

13/05, 17:18

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan navbatdagi havo hujumlari og‘ir talafotlarga sabab bo‘ldi. Mahalliy manbalar va guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 18 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan.

Odamlar ochlikdan o‘lmoqda — oziq-ovqat G‘azodan bir necha daqiqalik masofada turibdi...

13/05, 08:49

Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kiritilishini to‘xtatgan 2 martdan buyon anklavda 57 bola vafot etdi.

Isroil G‘azoliklarga qarshi eng qabih qurolni ishga soladi

08/05, 06:21

Rejaga may oyi oxiridan, ya’ni Donald Trampning Yaqin Sharqqa tashrifidan so‘ng kirishish mo‘ljallangan.

The New York Times mudhish qatl videosini e’lon qildi

06/04, 16:03

Videolavhada Qizil yarim oy jamiyati formasida, maxsus emblema tushirilgan mashinalarda harakatlanib ketayotgan tibbiy xodimlar harbiylar hujumiga uchraganini ko‘rish mumkin. Holatni telefoni yordamida videoga olgan tibbiy xodim (feldsher) arab tilida Isroil askarlari o‘qqa tutayotganini aytadi.

G‘azoning ayrim hududlarida HAMASga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tyapti

27/03, 11:37

G‘azo sektoridagi falastinliklar HAMASga qarshi kamdan-kam kuzatiladigan norozilik namoyishini o‘tkazib, harkatni urushni to‘xtatib, sektorni tark etishga chaqirmoqda.

2-martdan buyon «osmon uzoq, yer qattiq»

22/03, 10:05

Isroil ma’muriyati G‘azo sektorida vayronkor urushni qayta boshlagan bir vaqtda hududning ikki milliondan ziyod aholisi yana ochlik xatariga ro‘baro‘ keldi. Joriy yil 2 martdan buyon G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon kelishi butunlay to‘xtagan.

Isroil G‘azoga havo hujumlarini boshladi: 230 dan ortiq kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi

18/03, 10:16

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari natijasida halok bo‘lgan 230 dan ortiq falastinlik orasida ko‘plab ayollar va bolalar bor.

Yana