Davlat va mahalla o‘rtasida «ijtimoiy shartnoma» yo‘lga qo‘yiladi
Masalan, Nishon tumanidagi Oqoltin mahallasiga nasosda suv chiqarilgani uchun 25 yil tomorqasiga ekin ekmagan 280 ta xonadon 50-60 million so‘m daromad olishni boshladi.
“Hokimlar eshitib olsin"... O‘zbekistonda salkam mingta “og‘ir” mahalla aniqlandi
Endilikda viloyat hokimlari “og‘ir” tumanga 10 milliard so‘mdan, 903 ta mahallaning har biriga 1 milliard so‘mdan ajratadi.
“Qizil” mahallalar alohida nazoratga olinadi — Prezident qarori
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026 y.) qabul qilindi.
mahallalarda ijtimoiy infratuzilma yanada rivojlantiriladi
Joriy yil 27-dekabrda Prezidentning «2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–393-son qarori qabul qilindi.
mahalla — islohotlar tayanchi va yuksalish nuqtasi
O‘zbek jamiyatining tarixiy xotirasida “mahalla” tushunchasi oddiy hududiy birlik sifatida emas, balki odamlar taqdirini bog‘laydigan ijtimoiy rishta, qo‘ni-qo‘shnichilik mas’uliyatini tarbiyalaydigan hayot maktabi sifatida yashab kelgan.
Qariyb 1,5 mingta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylantirildi – vazir
Bu haqda Parlament Quyi palatasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov ma’lum qildi.
Prezident: «Shaharning barcha ko‘chalaridagi ariqlarda suv aylanishi kerak»
Dastur doirasida 150 kilometr yopiq drenaj tizimini qurish, 197 kilometr kanal va kollektorlarni ta’mirlash, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilib, shaharda salqin mikroiqlim yaratish rejalashtirilgan.
Prezident ishsizlik va aholi bandligi bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
Joriy yilda mamlakatimizda kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 6 foizga tushishi kutilmoqda. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni 4,5 foizgacha qisqartirish maqsad qilingan.
Aholi bilan kelishib mahallalarga quyosh stansiyalari o‘rnatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan bugungi marosimda aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilishi ta’kidlandi.
«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi
Nominatsiya uchun kurash 2026-yil 1-yanvardan boshlanadi.
Ayrim mahallalarga «qo‘riqlash xizmati inspektori» lavozimi kiritiladi
Prezidentning PQ–360-son qaror bilan Milliy gvardiyadan IIV tizimiga qaytarilgan Qo‘riqlash departamentiga qo‘riqlanadigan ob’yektlarga o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi.
mahalladagi «yettilik» ish vaqtining yarmini majlislarda o‘tkazyapti – Prezident
Davlat rahbari «yettilik» ish vaqtining yarmini turli majlis va tadbirlarda o‘tkazayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
«Yashil hudud» tashabbusi bilan chiqqan mahallalar qo‘llab-quvvatlanadi
Davlat rahbarining bugungi yig‘ilishda ta’kidlashicha, mahallalar aholisi o‘zlari daraxt ekib, parvarish qilishga, yashil hududlarni ko‘paytirishga tayyor.
Prezident: butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilinadi
Har bir tuman va shahar hokimi ko‘chasi, yo‘li, arig‘i, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shartligi qayd etildi.
mahallaga hududida bo‘sh turgan mulkni auksionga chiqarishda qo‘shimcha huquq beriladi
Ayni paytda davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqqani qayd etildi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayapti.
«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» reytingi tuziladi – Prezident
Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, «Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» reytingini e’lon qiladi.
Prezident Mirziyoyev mahalla tizimini takomillashtirishga doir yig‘ilish o‘tkazyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
mahalla fuqarolar yig‘ini reyestri shakllantiriladi
Reyestr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qaroriga asosan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan shakllantiriladi.
mahalla fuqarolar yig‘ini mas’uli 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi
U fuqaro Sh.Q.ning Toshkent viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan qo‘lga olingan.
Ayrim hududlarga “Prezident tumani” va “Prezident mahallasi” maqomi beriladi
Davlatimiz rahbari mahallalarni obod qilish bo‘yicha muhim tashabbusni ilgari surdi. Unga ko‘ra, yurtimizda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi amalga oshiriladi.
Yoshlar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi
Prezidentning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–163-son, 10.09.2025 y.) qabul qilindi.
«O‘zmilliybank» «Moliyaviy savodxon mahalla» loyihasida faol ishtirok etmoqda (video)
Aholining moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jamg‘arish madaniyatini shakllantirish hamda bank xizmatlaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Moliyaviy savodxon mahalla» loyihasida «O‘zmilliybank» AJ ham faol ishtirok etmoqda.
mahallada IIO boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi tashkil etiladi
Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida «tashvish» tugmalari o‘rnatiladi.
48 yoshli mahalla raisi 17 yoshli qizga mahalla binosida shilqimlik qildi
Marg‘ilon shahridagi mahallalardan birining raisi bo‘lgan erkak qizga bo‘yi o‘smay qolayotganini aytib, mashq o‘rgatish bahonasida shilqimlik qilgan. U qizning belidan ushlab, yuzidan o‘pmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda besh mingdan oshiq mahallada jinoyat sodir bo‘lmadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Davlat rahbari yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi
Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak.
Eng ko‘p «og‘ir» mahallalar — Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida
Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla «og‘ir» toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingtasida ajrimlar soni ko‘paygan.
mahallalarda yangi lavozim tashkil qilinadi
Kichik inspektor mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan ishlaydi.
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar haqida Prezidentga axborot berib boriladi
Qarorga ko‘ra, mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda «Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish» ustuvor vazifa etib belgilandi.
Hokimlarning mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi tugatildi
Joriy yil 11-yanvardagi PF-1-son prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
mahalla raislarining vakolat muddatlarini uzaytirish rejalashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir hujjat loyihasini ko‘rib chiqdi.
«O‘zmilliybank» AJ: hududlarda «mahalla bankiri» faoliyatini boshladi
2024 yilning 16 dekabr kuni Davlat rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bank xizmatlari orqali mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
Har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi
Respublikadagi 3,6 mingdan ortiq mahallada jinoyat qayd etilmadi – Bosh prokuratura
Joriy yilning o‘tgan davrida prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.
mahallalardagi obro‘-e’tiborli nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktiriladi
Bu haqda joriy yil 25-noyabrda imzolangan PQ-405-son «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida gap boradi.
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotning Xushnud mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi (foto)
Mahalla 2021 yil tashkil etilgan. Bu yerdagi 48 ta ko‘p qavatli uy hamda 625 ta hovlida 11 mingdan ziyod aholi yashaydi.
mahalladagi «beshtalik» ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtiradi – loyiha
Qayd etilishicha, ayni paytda jamoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirishda inson omilini minimallashtirish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan ijtimoiy profilaktika tizimini nazarda tutuvchi «E-ijtimoiy profilaktika» axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi qanday ishlashi aytildi
Prezident Mirziyoyev «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-330-son qarorni imzoladi.
«Eng toza mahalla» tanlovi o‘tkaziladi: g‘oliblarga — elektromobil
Har yili «Eng toza mahalla» tanlovi o‘tkaziladi va g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlar beriladi.
«Sayxunobod tajribasi» salkam yarim million aholini ishli qilishi mumkin
Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari o‘zini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi sur’at bag‘ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

