Namanganda sun’iy intellekt loyihalari Prezidentga taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.
Sirdaryodagi Media haftalik doirasida «Biz — jurnalistlar» kitobi taqdimoti o‘tkazildi (foto)
Kitobda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1990–1996-yillarda tahsil olgan 54 nafar saboqdoshning ijod namunalari — maqola, she’r, hikoya va suratlari jamlangan.
Joriy yilda muhim minerallar bo‘yicha 12 ta loyiha ishga tushadi
Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
«Uzbekistan Airways»ni IPO‘ga tayyorlash boshlandi
Prezident milliy aviakompaniyani transformatsiya qilish va IPO‘ga tayyorlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Narkolaboratoriya tashkil etganlik uchun alohida javobgarlik belgilanadi
Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli qilmish bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi.
Madaniy meros obyektlarining yagona raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi
Diniy-ma’rifiy sohadagi magistr va doktorantlar uchun “Islom ma’rifati” stipendiyasini joriy etish, dunyoga mashhur olim va ekspertlarning kitoblari taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilinadi
Kelgusi besh yilda oltin zaxirasini qo‘shimcha 879 tonnaga, kumushni 510 tonnaga, misni 676 ming tonnaga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangani qayd etildi.
O‘zbekistonda «Volkswagen»,«Foton» va «JAC» zavodlari ishga tushiriladi
Taqdimotda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish hajmini va band bo‘lganlar sonini 1 milliontaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar kitob mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining xalq bilan muloqoti va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichlarini o‘zida aks ettirganini ham ta’kidladi.
80 turdagi davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 13 kundan 6 kunga tushiriladi
Shuningdek, 783 ta davlat xizmatiga «nol byurokratiya» tamoyilini joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish bosqichlari 2 karra qisqartirilishi rejalashtirilmoqda.
Prezident avtobuslarda harakat xavfsizligi va xizmat madaniyatini kuchaytirish vazifasini qo‘ydi
O‘tgan yili poytaxtning o‘zida haydovchilar yuzasidan aholidan 1 ming 670 ta shikoyat kelib tushgan. Avtobuslar ishtirokida 109 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tabiatga zarar yetkazganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi
Yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish, ularni tabiatga yetkazilgan zarar miqdoriga bog‘lash va xalqaro amaliyotga yaqinlashtirish taklif etildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda sun’iy ko‘llar va havzalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
So‘nggi besh yilda auksionda yer sotish orqali budjetga qancha pul tushgani aytildi
Yerning haqiqiy egasi paydo bo‘lishi natijasida har bir gektardan olinayotgan daromad 3 karra oshib, 50-60 million so‘mga yetgan.
Parkent va Ohangaron tog‘larida zamonaviy turizm maskanlari bunyod etiladi
Mazkur ishlar hisobidan viloyatda turizm eksportini 600 million dollarga, xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini 16,5 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi
Moliyaviy holati og‘irlashgan 451 ta korxona 2024 yilda 14 trillion so‘m, o‘tgan yili esa 362 ta korxona 4 trillion so‘m zarar ko‘rgani aytildi.
10 ta OTMga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilib, ilmiy klasterlar ochiladi
Milliy tadqiqot universiteti maqomi berilgan oliygohga ilmiy klaster tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Kogonda yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, Olot, Peshku, Qorako‘l, Shofirkon, G‘ijduvon va Qorovulbozor tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish bo‘yicha manzilli choralar amalga oshirilishi qayd etildi.
Osmondagi iztirob yoxud chigal taqdirning yagona qurboni (filmdan keyingi o‘ylar)
Endi bevosita mazkur film haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, film chuqur dramatik syujeti bilan ajralib turadi. Unda inson taqdiri, ruhiy kechinmalari aks etgan. Asarda aks etgan voqealar tomoshabinni teran mushohada qilishga undaydi. O‘zbek kinosida aytilmagan so‘zlar aytildi.
"Osmoni falaklarda: Aviaparvozning yagona qurboni” filmi taqdim etildi
Qayd etilishicha, film chuqur dramatik syujetga ega bo‘lib, inson taqdiri, ruhiy kechinmalar va hayot sinovlarini falsafiy yondashuvda yoritadi. Asardagi voqealar tomoshabinni teran mushohadaga chorlaydi.
Olti yilda kiberjinoyatlar bo‘yicha murojaatlar 48 baravarga oshdi
O‘tgan yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, o‘g‘irlik jinoyatlarining 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. Ular orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 2 trillion so‘mdan oshgan.
O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmi 11 mln tonnaga yetkaziladi
Uranni qayta ishlash quvvatlarini sulfat kislotasi hamda uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnik oltingugurt bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari belgilab olindi.
«O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti». Toshkentda pokistonlik muallifning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Urdu tilida yozilgan ushbu asar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Uchinchi Renessans g‘oyasining mazmun-mohiyatini badiiy-publitsistik ruhda ochib beradi.
O‘zbekiston prezidenti intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’limga doir taqdimotlar bilan tanishdi
«Shajara» intellektual axborot tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
O‘zbekiston sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqoriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
AQShda «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
16 sentyabr, seshanba kuni AQSh Kongressida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xorazmda 2,4 mlrd dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan – Prezident
Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan Prezident Mirziyoyevga axborot berildi.
Hududlarda chiqindini yoqib, issiqlik olinadigan korxonalar quriladi
Yurtimizda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Lekin ularni qayta ishlash darajasi past. So‘nggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5 foizga yetdi.
Prezident barcha sohalar ustidan "raqamli nazorat" o‘rnatish kerakligini aytdi
Har kuni odamlarning ishi tushadigan hokimlik, kadastr, bank va soliq idoralarida byurokratiya, “korrupsiyaviy tuynuklar” to‘liq yo‘qolgani yo‘q.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi
Mehnat organlari ish beruvchilarga nisbatan jazo qo‘llovchi emas, balki hamkor sifatida faoliyat yurituvchi, ularga xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmaga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.
Prezident ikki muhim sohadagi taqdimot bilan tanishdi
Prezidentimiz istiqbolli maydonlar bo‘yicha aniq loyihalarni shakllantirish, geologiya-qidiruv ishlaridan tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Tomir uyg‘oq, ruh uyg‘oq yoki hayratlarga to‘lib-toshgan ko‘ngillar uchrashuvi
Birin-ketin ustozlar, taniqli shoirlar, yoshlar so‘zga chiqdi, har biri ijodkorning qaysi she’rlaridan ta’sirlanganini – uning ijodini ishtirokchilarga yaqindan tanishtirdi.
Yurak amri bilan yozilgan kitob: «Istisno» haqida mulohaza
«Oltin meros» press nashriyotida iste’dodli yozuvchi Mastura Abduraimning «Qanot» loyihasi doirasida «Istisno» kitobi nashrdan chiqdi va respublika milliy matbuot markazida taqdimoti o‘tkazildi.
«Uch ildiz» romani yangi nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning mashhur «Uch ildiz» romani 1958 yildan buyon necha avlodlarning ma’naviy mulkiga aylangan.
Kambag‘al oilalarga 100 dan ortiq turdagi yordam va xizmatlar taqdim etiladi
Davlat rahbariga kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Joriy yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish hajmi 43 trln so‘mga yetkaziladi
Qayd etilishicha, joriy yil birinchi chorakda tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 7 trillion so‘mdan oshgan. Qariyb 310 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, bu ko‘rsatkich 1,3 barobar o‘sgan.
Andijonda erishilishi kutilayotgan asosiy maqsadlar taqdimot qilindi
Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o‘rni ochiladi.
Renovatsiya tartib-tamoyillari bo‘yicha axborot berildi
Bugun - 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
“Olovlar yurti – Ozarbayjon”
Joriy yil 12-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Olovlar yurti – Ozarbayjon» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’limda ilmiy salohiyat 55 foizga chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

