Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy hududlar bo‘yicha referendumga qarshi emas, biroq...

13/02, 11:01

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Atlantic nashri jurnalisti Saymon Shusterga bergan kengaytirilgan intervyusida Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish maqsadida hududlar bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasiga qarshi emasligini bildirdi. Biroq u ovozga qo‘yiladigan ehtimoliy kelishuv Ukraina manfaatlariga javob berishi shartligini ta’kidladi.

«Men buni birinchi marta eshityapman…»  – Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarni rad etdi

12/02, 12:08

Prezident Vladimir Zelenskiy 24-fevralni prezidentlik saylovlari va mamlakat hududiy yaxlitligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni «birinchi marta eshitayotganini» aytdi.

Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi

11/02, 20:30

Shuningdek, u muzokaralarning yangi bosqichini e’lon qildi.

Zelenskiy yana saylovda nomzodini qo‘yishni inkor etmadi

01/02, 16:52

U urushdan avval faqat bir marta saylanishi haqida gapirgandi.

Zelenskiy Shveysariyada Tramp bilan muzokara o‘tkazadi. Uitkoffni esa Moskvada kutishyapti

22/01, 14:48

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tayotgan Shveysariyaga yetib keldi. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilgan uchrashuv mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) boshlanishi kutilmoqda.

Tinchlik kelishuvi Zelenskiy sabab kechikyapti – Tramp

15/01, 13:46

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan ehtimoliy tinchlik kelishuvi Rossiya emas, balki Ukraina tomonidan kechiktirilayotganini bildirdi.

Zelenskiy Ukrainadagi urushning qachon tugashini taxmin qildi

08/01, 16:41

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiprga tashrifi chog‘ida tinchlik muzokaralarida muayyan ilgarilash borligini ma’lum qildi va urush 2026 yilning birinchi yarmida yakunlanishi mumkinligini istisno etmadi.

Zelenskiy Ramzan Qodirovni qo‘lga olish haqida gapirdi

07/01, 22:07

Ukraina rahbari Venesueladagi voqealarni misol qilib keltirgan.

«AQSh diktatorlarni nima qilishni biladi...» – Zelenskiy Maduro haqida

04/01, 17:30

Ukraina prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Venesuelaga hujumi va Nikolas Maduro va rafiqasi Sili Floresnining hibsga olinishi haqida munosabat bildirib, bu «diktatorlar bilan to‘g‘ri muomala qilishning namunasi» ekanini aytdi.

Tramp: «Putin Ukraina muvaffaqiyatga erishishini istaydi»

29/12, 14:25

28-dekabr kuni Floridada bo‘lib o‘tgan Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh prezidentiga Rossiyaning urushdan keyingi Ukraina tiklanishidagi javobgarligi muhokama qilingan-qilinmagani haqida savol berildi. Ma’lumki, Tramp muzokaralardan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi.

 Tramp va Zelenskiy «tinchlik rejasi»ning 90–95 foizini kelishib oldi

29/12, 11:12

AQSh va Ukraina Florida shtatining Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tinchlik rejasining asosiy qismi bo‘yicha kelishuvga erishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, rejaning 90–95 foizi kelishilgan, ammo Donbass masalasi hozircha hal etilmagan.

Zelenskiy Yevropa va AQShdan qanday xavfsizlik kafolatlarini kutyapti?

23/12, 11:10

Asosiy hujjat — xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlashga oid yopiq ilovalar va batafsil ma’lumotlar joy olgan. Shuningdek, mamlakatni tiklash bo‘yicha shartnomaning dastlabki loyihalari ham tayyor.

Ukraina: Andrey Yermakning barcha maslahatchi va yordamchilari ishdan bo‘shatildi

22/12, 16:36

Ukraina Prezidenti ofisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash departamenti rahbari Nataliya Sergeyevaning «Ukraїnskі Novini» jurnalistlariga ma’lum qilishicha, Andrey Yermakning barcha 9 nafar shtatdagi va shtatdan tashqari maslahatchi hamda yordamchilari lavozimidan ozod etilgan. Ishdan bo‘shatilganlar orasida Sergey Leщyenko va Mixail Podolyak ham bor. 

Zelenskiy NATO «umidi»dan voz kechish shartlarini aytdi

15/12, 13:23

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi mumkinligini istisno etmadi. Uning aytishicha, agar AQSh va Yevropa ittifoqchilari Kiyevga ishonchli va yuridik kuchga ega xavfsizlik kafolatlarini taqdim etsa, bu variant ham muhokama qilinishi mumkin.

Zelenskiy Putin ishg‘ol qilgan shaharda ko‘rinish berdi

12/12, 22:34

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kupyansk shahri kirish qismidagi stelasi yonida suratga olingan videosini e’lon qildi.

Yermak ketgan. Zelenskiy ofisini endi kim boshqaradi?

09/12, 11:23

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Prezident ofisi rahbari lavozimiga tayinlanishi etilishi mumkin bo‘lgan besh nomzodni tilga oldi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Tramp Zelenskiydan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qildi

08/12, 18:38

Trampning qo‘shimcha qilishicha, Vashington mojaroning ikkala tomoni, jumladan, "Ukrainani boshqarayotganlar" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Zelenskiyga AQSh rejasi yoqmasa, jang qilishda davom etishi mumkin — Donald Tramp

22/11, 13:05

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy taklif etilgan «tinchlik rejasi»ni qabul qilmasa, Ukrainadagi urush davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytdi.

 «Ukraina eng og‘ir tanlovlar qarshisida turibdi...» – Zelenskiy

22/11, 09:20

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-noyabr kuni millatga murojaat qilib, mamlakat tarixidagi eng murakkab qarorlardan biri oldida turganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina «qadr-qimmatiini yo‘qotish» yoki «asosiy hamkorini yo‘qotish» xavfi o‘rtasida turibdi.

Zelenskiy Ukraina xalqiga videomurojaat bilan chiqdi

21/11, 20:06

Zelenskiy kecha amerikalik generallar bilan uchrashuvdan so‘ng Oq uyning takliflarini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

AQSh tinchlik rejasi: Zelenskiy Tramp bilan gaplashib olmoqchi

20/11, 23:16

U 28 banddan iborat bo‘lib, to‘rtta sohani qamrab oladi: Ukrainadagi urushni tugatish, xavfsizlikni ta’minlash, Yevropada barqarorlikni mustahkamlash va AQShning Rossiya va Kiyev bilan kelajakdagi munosabatlarini o‘rnatish.

OAV: AQSh urushni tugatish uchun Ukrainaga jiddiy takliflar yubordi

19/11, 23:19

Bu haqda yetakchi agentliklar xabar berdi.

Tramp Oq Uyda Zelenskiy bilan ko‘rishdi: asosiy ma’lumotlar

18/10, 00:03

AQSh Ukrainaga raketalar berishi noaniqligicha qolmoqda.

Zelenskiy Vashingtonga boradi

14/10, 15:16

Financial Times nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti 17 oktyabr, juma kuni Vashingtonda Ukraina yetakchisini qabul qilishi kutilmoqda.

Putin va Zelenskiy Markaziy Osiyoda uchrashishi mumkin

24/09, 19:49

Ukraina Qozog‘istonda uchrashuv bo‘lishiga qarshi emas.

Tramp Putin va Zelenskiy qanday holatda uchrashishini aytdi

16/09, 21:15

AQSh tomoni ular bilan birga sammitda qatnashishga majbur bo‘lishi mumkin.

Rossiya urushni tugatish istagini bildirmaydi – Zelenskiy

13/09, 13:40

Zelenskiy Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya rahbarlarining maslahatchilari bilan uchrashdi.

Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi

06/09, 13:00

Ukraina prezidenti Putin bilan muzokaralar uchun Moskvaga bormasligini aytdi va uni Kiyevga taklif qildi.

Zelenskiy uch mamlakatda Putin bilan uchrashishni istamaydi

04/09, 10:11

Bu mamlakatlarda Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lmasligi aniq.

Tramp Putin-Zelenskiy uchrashuvida qatnashishni istamayapti. Nega?

22/08, 22:43

AQSh rahbari ularni yakkama-yakka muzokara o‘tkazishi tarafdori.

Zelenskiy: Rossiya Ukrainadagi AQSh kompaniyasini atay nishonga oldi

22/08, 13:28

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari 21 avgustga o‘tar kechasi amalga oshirgan keng ko‘lamli hujum vaqtida AQShga tegishli kompaniyani nishonga oldi.

Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi Budapeshtda o‘tkazilishi mumkin

20/08, 10:51

Tramp ma’muriyati Vengriya poytaxtini «sammit uchun birinchi navbatdagi maydon» sifatida ko‘rmoqda.

Otashkesimga emas, biryo‘la tinchlikka erishish muhim – Tramp

19/08, 15:39

AQSh prezidenti keyingi qadam Putin bilan telefon orqali suhbat va istiqbolda AQSh, Ukraina va Rossiya yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi tayyorgarligi bo‘lishini tasdiqladi.

AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini beradi

19/08, 11:13

Vladimir Putin bilan uchrashuvdan bir necha kun o‘tgach, AQSh prezidenti Vladimir Zelenskiyga Ukraina jiddiy xavfsizlik kafolatlarini olishini ma’lum qildi. Biroq Tramp Ukraina buning evaziga nimani ta’minlashi kerakligini aniqlashtirmadi.

Zelenskiy Vashingtonga bormoqchi – Axios

16/08, 13:02

Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan 1,5 soatdan ko‘proq suhbatlashdi, ularni Putin bilan uchrashuvi haqida xabardor qildi.

Zelenskiy Putin-Tramp uchrashuvi arafasida bayonot berdi

15/08, 21:46

Rossiya qo‘shinlarining tinch aholiga hujumi to‘xtamadi, deydi u.

Tramp Putin bilan uchrashuvi oldidan Zelenskiyga va’da berdi

14/08, 11:46

Yevropa rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish jarayonini tinchlik muzokaralaridan oldin amalga oshirish kerakligini ta’kidladi. Biroq NBC News’ning yozishicha, ba’zi Yevropa yetakchilari Trampning Putin bilan uchrashuvidan katta natija kutmayapti.

Zelenskiy Tramp–Putin uchrashuvi oldidan muhim bayonot berdi

10/08, 11:27

Ukraina rahbari, ayni choqda, prezident Tramp va hamkorlar bilan birgalikda mustahkam tinchlik yo‘lida hamkorlikka tayyor ekanini urg‘ulagan.

Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashmoqchi — NYT

07/08, 09:55

Putin va Zelenskiyni uchrashtirmoqchi.

Zelenskiy tinchlik haqidagi gaplari jiddiy bo‘lsa Putin bilan uchrashmoqchi

02/08, 11:35

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Rossiyaning havo hujumida jami 31 kishi, jumladan 5 nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yana 159 kishi jarohatlangan.

Tramp Zelenskiyga hujumga o‘tishni maslahat berdi

18/07, 18:09

4-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyga telefon orqali muloqot chog‘ida Ukraina mudofaa holatida qolishi urushning borishini o‘zgartira olmasligini va hujumga o‘tish zarurligini aytdi.

Tramp va Zelenskiy G7 sammiti doirasida uchrashishi mumkin

07/06, 10:35

Kiyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Trampning Kanadadagi G7 sammiti doirasidagi uchrashuviga umid qilmoqda. Bu haqda prezident devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

Putin Zelenskiy va Tramp bilan uchrashuv imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi – Kreml

30/05, 17:20

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali muayyan natijalarga erishilgandagina, davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv mavzusiga qaytish mumkin bo‘ladi.

Zelenskiy Putin va Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

28/05, 14:56

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Zelenskiy O‘zbekistonda tug‘ilgan yana bir siyosatchini muhim lavozimga tayinladi

16/05, 15:30

Narimon Jalil Ukrainaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Zelenskiy sobiq yaqin odamiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

01/05, 21:00

Aleksey Arestovich 2023 yil boshigacha prezident ofisi maslahatchisi sifatida ishlagan.

Rossiya shu yil yozda Belarusda «nimanidir tayyorlamoqda» – Zelenskiy

30/04, 16:50

Vladimir Zelenskiy Rossiya Belarusdagi harbiy mashg‘ulotlar niqobi ostida, tafsilotlarni oshkor qilmasdan, «biron narsa tayyorlayotgani»ni iddao qildi. Bu haqda Ukraina rahbari onlayn tarzda Varshavada bo‘lib o‘tgan «Uch dengiz tashabbusi» sammitida ta’kidlab o‘tgan.

 Zelenskiy: Ukraina Qrimning bosib olinganini tan olmaydi

23/04, 11:15

AQSh tomonining Qrimni Rossiya hududi deb tan olish to‘g‘risidagi ehtimoliy taklifi ortidan Zelenskiy ayni shu mavzuda jurnalistlar uchun brifing tashkil qildi. 

Уч кишини деб миллионлаб одамлар ҳалок бўлди — Трамп

15/04, 12:43

АҚШ президенти ўт очишни тўхтатиш бўйича музокараларда силжиш бўлишини ҳануз кутмоқда.

Zelenskiy Putinning yashirin rejasini ochiqladi

28/03, 12:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatishga doir diplomatik muzokaralarni cho‘zish orqali Ukrainaning yanada ko‘proq hududini bosib olmoqchi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Parijda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yana