Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17-dekabr fotoxronikasi: Turk lirasining qulashi, 266-Papa, 2022-yilning eng kutilayotgan seriali va boshqalar

17-dekabr fotoxronikasi: Turk lirasining qulashi, 266-Papa, 2022-yilning eng kutilayotgan seriali va boshqalar

Kollaj

17-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

FOTO: NOWNEWS.COM

Yaponiyaning Osaka shahri markazidagi psixiatriya klinikasi to‘rtinchi qavatida yuz bergan yong‘in qurbonlari soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 27 nafarga yetdi.


FOTO: GETTY IMAGES

Istanbul birjalari liraning qulashi oqibatida savdolarni to‘xtatdi. Ekspertlar kelgusi yili import narxlari va eng kam ish haqi keskin oshishi oqibatida inflyasiya 1,5 baravarga o‘sishini taxmin qilishyapti.

Turk milliy valyutasi bugun bir nechta tarixiy minimumlarni yangiladi, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 ga kelib, sotilish narxi: 1 dollarga nisbatan — 17,07 lira. Lira rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalari orasida eng kuchsizi bo‘lib qolmoqda.


FOTO: GAZETA.RU

266-Rim papasi Fransisk bugun 85 yoshni qarshiladi (1936-yilning 17-dekabrida Argentina poytaxti Buenos-Ayresda tug‘ilgan).


FOTO: JON CHERRY/GETTY IMAGES

Fort Pikett — AQSh Milliy gvardiyasi tayyorlov markazi. Suratda: bu yerda boshpana topgan afg‘onlar futbol o‘ynashmoqda.


FOTO: MIXAIL DJAPARIDZE/TASS

Moskvada Yangi yil transporti yo‘lga qo‘yildi.


FOTO: AP/TASS

Kanzas shtati (AQSh)da o‘rmonlar yonmoqda.


FOTO: BRANDON BELL/GETTY IMAGES

Tornado vayron qilgan Meyfild shahri (AQSh)da yashovchilar mahalliy maktabda ochilgan insonparvarlik taqsimlash markazida.


FOTO: iXBT.COM

IMDb 2022-yilning eng kutilayotgan seriallari ro‘yxatini e’lon qildi. «Taxtlar o‘yini»ga olingan prikvel — «Ajdaho uyi» ushbu ro‘yxatning birinchi qatoridan joy oldi. Serialda Targariyenlar sulolasining qulashi va «Ajdaholar raqsi» nomini olgan urushning boshlanishi tasvirlangan.


FOTO: RTE

APL 17-turida «Nyukasl» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan «Liverpul» tarixiy natijaga erishdi. Jamoa matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» Angliya futboli oliy ligasi tarixida 2000 ta o‘yinda zafar quchgan ilk jamoa bo‘ldi.


FOTO: EPA/VOSTOCK-PHOTO

Ramzau (Avstriya) Tramplindan sakrash bo‘yicha jahon kubogi o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring