21-dekabr fotoxronikasi: Turkiyada ob-havo injiqliklari, import bojlarini kamaytirayotgan Xitoy, dunyodagi birinchi SMS-xabar va boshqalar

21-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

Turkiyada suv toshqinlari uy va ko‘priklarni vayron qildi.

«Falcon 9» raketa-tashuvchisi «Cargo Dragon» yuk kemasini fazoga olib chiqdi. Yuk kemasi ertaga XKS bilan tutashadi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans va Moskva o‘rtasidagi ziddiyatli masalalarni muhokama qilish uchun 2022-yil boshida Rossiya – NATO kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi.

Xitoy 2022-yilning 1-yanvaridan tashqi savdo munosabatlarini rag‘batlantirish uchun 950 dan ortiq tovarlar importiga bojlarni pasaytiradi.

Finiks (AQSh)da Donalda Tramp tarafdorlari «Hammadan avval Amerika» tadbirini o‘tkazishdi.

Dunyodagi birinchi SMS-xabar NFT shaklida auksionda 225 ming dollarga sotildi.

Isroil qishki «Karmel» to‘foni zarbasiga tayyorlanmoqda.

«Xiaomi» navbatdagi flagmanini 28-dekabr kuni taqdim etishini rasman ma’lum qildi.

Chunsin (Xitoy) hayvonot bog‘ida gigant pandaning olti oylik bolalari namoyish etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter