AQSh o‘rmonlariga o‘t ketdi

AQShning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan Oregon shtatidagi o‘rmonlarga o‘t ketdi. Bu haqda «Sabah.som» xabar bermoqda.
Yong‘inni bartaraf etish uchun kecha tushdan so‘ng 60 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan.
Yong‘in talafoti juda katta ekani aytilmoqda.
Olov qamrab olgan hududda bir kishining jasadi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uysiz erkak chodirida yonib ketgan.
Oregon shtatidagi o‘rmonning 200 dan ziyod nuqtasida yong‘inni to‘xtatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter