Erdo‘g‘on: «Yevropa ittifoqi nega Turkiyani o‘z safida ko‘rishni istamayotganini bilaman»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa ittifoqi a’zolikka qabul qilmayotganida «yagona sabab»ni ko‘rayotganini ta’kidladi.
Turkiya 2005-yildan beri Yevropa ittifoqi tarkibiga kirishga urinadi. Turkiya Ittifoqqa a’zo bo‘lishi uchun Yevrokomissiya bilan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanishi hamda Yevroittifoq a’zolari bir ovozdan rozi bo‘lishlari shart.
— Yagona sabab shuki — Turkiya musulmon mamlakati. Shunday ekan, buni ochiqchasiga yuzimizga aytishsin, — dedi u «A Haber» telekanalidagi chiqishida.
Bir yil muqaddam Erdo‘g‘on turk xalqi Yevropa ittifoqi bilan muzokaralardan qattiq charchaganini aytib, Anqara uyushmaga a’zo qilishni tinmay so‘raverish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Qolaversa, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lmasa ham mamlakat hech narsa yo‘qotmasligiga Turkiya prezidentining ishonchi komil.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter