Erdo‘g‘on: «Xalqaro tinchlikparvar kuchlarni falastinliklarni himoya qilishga jo‘natish kerak»

Erdo‘g‘on xalqaro tinchlikparvar kuchlarni falastinliklarni himoya qilishga jo‘natishga chaqirdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligining ma’lumotlariga asoslanib, «Aif.ru» xabar bermoqda.
Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, falastinlik yoshlar har kuni Isroilning qurboniga aylanmoqda.
Turkiya rahbari xalqaro hamjamiyat va BMTning Xavfsizlik kengashini Falastinga nisbatan o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.
IHTning Istanbulda o‘tkazilgan favqulodda sammitida tashkilotga a’zo davlatlar vakillari AQShdan so‘ng Tel-Avivdagi elchixonalarini Quddus shahriga ko‘chirmoqchi bo‘layotgan davlatlarga iqtisodiy sanksiya qo‘llashni talab qilishdi.
Shuningdek, IHT a’zolari Isroilning G‘azo sektorida sodir etgan jinoyatlarini tekshiradigan mustaqil xalqaro ekspert komissiyasi tuzish taklifini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter