Germaniyada ko‘p qavatli turar joy binosida portlash yuz berdi

Germaniyaning markazida turar joy binosidagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 25 kishi turli darajada jarohatlandi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
— Yigirma besh kishi turli darajada jarohatlangan, biri kishi halok bo‘lgan, — deydi Blankenburg politsiyasi.
13-dekabr kuni ertalab soat 8:55 da (12:55 tvb) Saksoniya-Anxalt yeridagi Blankenburg shahrida joylashgan besh qavatli binoda portlash sodir bo‘lgan. Hodisa yuz bergan joyda 160 kishi ishlamoqda, tibbiy vertolyot ham jalb etilgan. Bino to‘liq evakuatsiya qilingan. Shuningdek, binoga qo‘shni joylashgan bolalar bog‘chasi ham evakuatsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter