Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil bosh vaziri Eron borasida tahdidli chiqish qildi

Isroil bosh vaziri Eron borasida tahdidli chiqish qildi

Isroil bosh vaziri Yair Lapid.

Kollektiv G‘arb davlatlari Eronning yadro dasturini to‘xtatish uchun kuch ishlatishga tayyor.

Bu haqda Isroil bosh vaziri Yair Lapid ma’lum qildi. Bosh vazirning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Unga ko‘ra, Eronni diplomatiya yo‘li bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.

«Eronni to‘xtata oladigan yagona narsa bu erkin dunyo davlatlari unga qarshi kuch ishlatishga tayyorligini anglashdir», degan Lapid AQSh prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

Bosh vazirga ko‘ra, harbiy tahdid rasmiy Tehronning yadro dasturini to‘xtatishiga sabab bo‘ladi. 

Bayden va Lapid shuningdek, ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi munosabatlarini kengaytirish va Eronning mintaqani beqarorlashtirishiga qarshi deklaratsiyani imzolagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring