Qirg‘iziston energetika vaziriga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakat energetika vaziri Doskul Bekmurzayevga qarshi ikkita jinoiy ish qo‘zg‘adi.
Bekmurzayev mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanyapti.
Birinchi ayblov: Energetika vaziri 2021-2022-yillarda davlat budjeti hisobidan xodimlarini BAA, Turkiya, Rossiya va O‘zbekistonga xizmat safariga yuborgan, oqibatda davlatga moddiy zarar yetkazilgan. Gap shundaki, ularning mutaxassisligi energetika sohasiga daxldor bo‘lmagan.
Ikkinchi ayblov: Bekmurzayev vaqtincha «Elektr stansiyalari» OAJ foydalanuvida bo‘lgan «Issiq kalitlar» sog‘lomlashtirish majmuasini ta’mirlashga 15 million somdan ortiq ($180 ming) yo‘naltirib, zarar yetkazgan.
Tazabek nashri izoh so‘rab bog‘langanida, Bekmurzayev «osma olayotganini» aytib, qo‘ng‘iroqni o‘chirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter