Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada dollar kursi keskin osha boshladi

Rossiyada dollar kursi keskin osha boshladi

Foto: RIA Novosti

Investorlarning dunyo bozorlarida xatarlardan cho‘chishi natijasida rublning qadri dollar va yevroga nisbatan tobora pasayishini kuzatilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Moskva birjasida AQSh dollari 57 tangaga (kopeyka) oshib, 68,19 rublni tashkil qilgan. Yevro esa 1,12 rublga ko‘tarildi va 77,02 rublga yetgan.

Bu 2019 yil yanvar oyidan buyon kuzatilgan eng maksimal oshish.

Rossiya Markaziy banki tomonidan dam olish kunlari va seshanba kuni o‘rnaligan rasmiy kurslarda dollar 1,3 rublga qimmatlab, 67,5 rublni tashkil qildi, yevro esa 2,1 rublga oshib, 75,84 rubl bo‘lgan.

Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishi jahon iqtisodiyotining o‘sish suratlarini sekinlashtirishi xavfini kuchaytirdi. Karantin choralari dastlab Xitoydagi korxonalar, eksportyorlar, talab va turizmga ta’sir qilgan bo‘lsa, endi kasallik Yevropa tahdid solmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring