Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya markazida zilzila oqibatida 11 kishi jarohatlandi

Yaponiya markazida zilzila oqibatida 11 kishi jarohatlandi

Foto: «Tourber.com»

Yaponiyaning Fukui prefekturasi Sakai shahrida 5 balli zilzila sodir bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda 4- sentyabr, juma kuni Yaponiyaning «Kyodo» axborot agentligi xabar berdi.

Jabrlanganlar orasida — karavotdan yiqilib jag‘i yengil jarohatlangan bir yoshli qizcha, uyida yiqilib oyoqlari shikastlangan 80 yoshli ayol ham bor. Shuningdek, Sakai shahridagi savdo markazining tomiga zarar yetgan.

Yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 9:10 da (5:10 t.v.) 10 km chuqurlikda qayd etilgan. Yaponiya meteorologiya agentligi zilzila haqida oldindan ogohlantirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring