Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh Baydenning 41 yil oldin Sobiq Ittifoqda bergan intervyusi paydo bo‘ldi (Video)

Yosh Baydenning 41 yil oldin Sobiq Ittifoqda bergan intervyusi paydo bo‘ldi (Video)

Foto: «AP»

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil AQShda prezident saylovlarida g‘alaba qozonishga yaqin turgan Jo Baydenning 1979-yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi chog‘ida bergan intervyusi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Bir yarim daqiqali videoni Rossiya davlat teleradio jamg‘armasi YouTube-kanaliga joyladi.

O‘shanda Bayden va xalqaro masalalar bo‘yicha parlament qo‘mitasining yana olti nafar senatori Moskvaga strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi bitimni (OSV-2) amalga oshirish bo‘yicha «soatni to‘g‘rilash» uchun tashrif buyurgandi.

«Rahbarlaringiz hamkorlikka moyil, bizga ko‘p vaqt ajratishdi, tez ortga qaytayotganimizdan afsusdamiz. Sovet-Amerika aloqalarining istiqboli yaxshi!» — dedi sovet jurnalistiga bergan intervyusida 36 yoshli demokrat.

2020-yil iyul oyida Baydenning Sobiq Ittifoqqa birinchi tashrifi to‘g‘risida dalil chiqdi. «Pravda» gazetasining 1979-yil 27-avgustdagi sonida Siyosatchi ilk bor Sobiq Ittifoqqa 1979-yilda kelgani haqida maqola chop etilgan.

20-noyabrda Jo Bayden 78 yoshni qarshilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring