Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi kengashi delegatsiyasi Buxoroga keldi

Yevropa ittifoqi kengashi delegatsiyasi Buxoroga keldi

Foto: Tass

Bugun Buxoro viloyati hokimligida Yevropa ittifoqining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha kengashi ishchi guruhi rahbari Yutta Edtxofer boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zAda yozilishicha, tadbirda viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jalb qilingan xorijiy investitsiyaviy loyihalar, mamlakatimiz tomonidan investitsiya kiritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, vohaning turizm imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi.

Yutta Edtxofer delegatsiya tarkibida Yevropa ittifoqining ko‘plab davlatlaridan vakillar borligi, tashrifdan maqsad O‘zbekistonda kechayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishish ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng mehmonlar aholini ish bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida olib borilayotgan ishlar, fuqarolik jamiyati barpo etishda xotin-qizlarning o‘rni, yoshlar tarbiyasi kabi masalalar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Delegatsiya a’zolari Buxoro shahridagi «Oydin nur» oilani ijtimoiy himoyalash markazida ham bo‘ldi. Shahardagi tarixiy-madaniy obidalar va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring