Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yigirma yilga qamalishini bilsa ham, baribir shu ishini qilyapti» — Prezident

«Yigirma yilga qamalishini bilsa ham, baribir shu ishini qilyapti» — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyat faollar yig‘ilishida korrupsiya muammosiga to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hatto jazo choralari kuchli bo‘lsa ham yer sotish kabi jinoyatlar uchrab turibdi.

— Bu davlatning har bir amaldori — men ham, vazirlar ham, boshqa amaldorlar ham xalq xizmatkori. Men bu gapni ko‘p takrorlayman. Ammo mansabdorlar orasida hali ham xalq orasiga kirmaganlar bor.

Yer sotishlar hali ham uchrayapti. O‘sha jinoyati uchun yigirma yilga qamalishini bilsa ham baribir qilyapti. O‘zi kichkina byurokrat amaldor, ammo kerak bo‘lsa hokimning imzosini soxtalashtirib, yer sotyapti.

Biz uyg‘onishimiz kerak. Uyg‘onmasak, ishlamasak farzandlarimiz bizni kechirmaydi. Nima uchun ta’lim haqida har safar gapiraman. Chunki najot shu, bundan boshqa najot yo‘q biz uchun, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring