Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Ostonaga boradi – OAV

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev joriy yil 3-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxtida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining 10-yubiley sammitida ishtirok etadi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda, O‘zbekistondan tashqari, tashkilotga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkiya ham rahbarlari ishtirok etadi.
Shuningdek , kuzatuvchi davlatlar– Vengriya va Turkmaniston rahbarlari ham qatnashishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter