Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

«Android»da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q? (IT-maslahat)

«Android»da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q? (IT-maslahat)

Foto: «Igate.com.ua»

Ko‘pchilik smartfon egalarida «Android»ning birinchi versiyalaridan beri muntazam ravishda ilovalar dispetcheri (диспетчер приложений) klavishini bosgan holda, so‘ng – Закрыть все (yoki vazifasiga ko‘ra shunga yaqin) tugmasini bosish odat tusiga aylangan. Biroq haqiqatdan ham «Android» biz kutgan tarzda ishlaydimi? «IT-specialist» kanali bugun shu mavzuga to‘xtaladi va undan siz ilovalarni qo‘lda yopishning mantiqan to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘zingiz uchun aniqlab olasiz.

1-anglashilmovchilik. Yopilmagan ilovalar «fon»da ishlashni davom ettiradi

Bu yolg‘on. Negaligini tushuntiramiz – lekin avval biroz nazariyaga to‘xtalib o‘tsak. Deyarli har qanday «Android» ilovani ikki qismga, ya’ni foydalanuvchiga ko‘rinuvchi va ko‘rinmasga ajratish mumkin. Ko‘rinadigan qismi bilan siz dastur ikonkasiga bosgan holda o‘zaro bog‘lanasiz, o‘sha paytda operativ xotirada ilovaning grafik resurslari va turli vaqtinchalik ma’lumotlar saqlanadi. Ilovalar dispetcheri ilovadagi joriy seans ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda, oxirgi ishga tushirilgan dasturlar o‘rtasida biridan‑boshqasiga o‘tish imkonini beradi.

Bu sizga operativ xotiraning hajmi yetarli bo‘lguniga qadar davom etadi: ishga tushurilgan dasturlar operativ xotiraning butun imkoniyatlaridan foydalanishga o‘tganida, operatsion tizim avvalroq ishga tushirilgan ilovalarni o‘zidan bo‘shatib, yangilari uchun joy hozirlaydi.

Shunda ham, dispetcher ro‘yxatidagi ilovalarni ishlab turuvchi deb atab bo‘lmaydi. Aslida, bu faqat keshlangan ma’lumotlar bo‘lib, ular hech qanday xatti-harakatni amalga oshirmaydi va faqat ular bilan ishlashga tezroq qaytishingiz uchun operativ xotirada saqlanadi.

2-anglashilmovchilik. «Fondagi» ilovalar yopilsa, unumdorlik oshadi

Shunday qilib, ilovalar despetcheri ro‘yxatida ko‘rib turganimiz bu faqat aysbergning uchi xolos. Biroq biz yaqin orada ishga tushirilgan ilovalarni operativ xotiradan qo‘lda chiqarib tashlash orqali ishlash unumdorligiga hissa qo‘shamizku, to‘g‘rimi? Yo‘q, bu ham yolg‘on. Dispetcher ro‘yxatini qo‘lda o‘chirish sizga operativ xotirani ko‘pi bilan 100-150 megabaytga oshirish imkonini beradi. Agar operativ xotiradan chiqarib tashlanmagan biror o‘yin bo‘lsa, balkim bundan biroz ko‘proqdir. Solishtirish uchun, hattoki fonda ishlayotgan «yog‘liqqina» «Facebook» ham atigi 200 Mb joy egallaydi.

«Android»ning bo‘sh xotira hajmini mustaqil nazorat qilish va uzoq vaqt davomida foydalanilmagan dasturlarni chiqarib tashlash qobiliyatini inobatga olgan holda, bunday kichik yutuqqa erishish, ya’ni yaqin orada ochilgan dasturlarning ro‘yxatini qo‘lda tozalashni, garchi buning ziyoni bo‘lmasa-da, mantiqsizga aylantiradi.

Endi siz «Android»ning ishlab turgan ilovalarini yopishda hech qanday mazmun yo‘q ekanligini aniq biluvchi juda kam sonli «Android» foydalanuvchilari safiga qo‘shildingiz, deb umid qilamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring