Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

29-dekabr fotoxronikasi: Abbosning «katta tanaffusi», 180 ming dollarlik «bayram puli», Ozarbayjonning «Yashil marafoni» va boshqalar

29-dekabr fotoxronikasi: Abbosning «katta tanaffusi», 180 ming dollarlik «bayram puli», Ozarbayjonning «Yashil marafoni» va boshqalar

Kollaj

29-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

FOTO: ECNS.CN

Xitoy Yer atrofi orbitasiga «Tianhui-4» ilmiy-tajriba yo‘ldoshini olib chiqdi.


FOTO: ASHARQ AL-AWSAT

Isroil mudofaa vaziri Beni Gans Falastin rahbari Mahmud Abbosni qabul qildi. Bu Falastin rahbarining 2010-yildan beri Isroilga ilk tashrifi.

Tomonlar xavfsizlik masalalarini va 2014-yilda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan tinchlik bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.


FOTO: AA.COM.TR

2022-yilda Ozarbayjonda uch million tup daraxt ekiladi. Bu haqda Ekologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Vugar Kerimov ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda Ozarbayjonda ikki million tup daraxt ko‘chati yerga qadalgan.


FOTO: WHO

Afrikada hafta davomida COVID-19 oqibatida o‘lim holatlari 72 foizga ko‘paydi.


FOTO: TWITTER

Ilon Mask «Tesla» aksiyalarining yana salkam milliontasini sotdi: 934 090 dona aksiya $1,02 mlrd.ga baholandi.


FOTO: NEWS DAY FR

«Apple» kompaniyasi eng yaxshi muhandislariga, raqobatchi kompaniyalarga o‘tib ketmasliklari uchun, katta miqdorda «bayram puli» berdi. «Bloomberg» yozishicha, ayrimlar 50 ming, ba’zilar 180 ming dollardan pul olgan.


FOTO: EPA/VOSTOCK-PHOTO

Kobul universiteti talabalarining bitiruv marosimi.


FOTO: GINA FERAZZI/LOS ANGELES TIMES VIA GETTY IMAGES

Shimoliy Kaliforniya tog‘larida qalin qor yog‘di.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring