Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9500. Yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berildi

9500. Yangi kasallanish holatlari haqida ma’lumot berildi

2020-yil 4-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9500 (+104) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 36 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6251 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3220 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 16 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring