Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda energiya resurslarining tejamkorligini oshirish muammolari muhokama qilindi

Andijonda energiya resurslarining tejamkorligini oshirish muammolari muhokama qilindi

Foto: Andijon Mashinasozlik instituti matbuot xizmati

Andijon Mashinasozlik instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman Andijon viloyat hokimligi, “GM-Uzbekistan” AJ, Toshkent Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Xonobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, xalqaro ilmiy amaliy anjumanda respublikamizning taniqli akademik va professor-o‘qituvchilari, Rossiya, Qozog‘iston, Kirg‘iziston, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi bir qator davlatlarning taniqli olimlari, doktorantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Anjuman “Zamonaviy ishlab chiqarishning texnologiyalari”, “Zamonaviy ishlab chiqarishda muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbaalari”, “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”, “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish” va “Servis xizmatlari” kabi ilmiy yo‘nalishlarda o‘z ishini davom ettirdi.

Anjuman davomida “Nanotizimlardagi kvant dinamikasining tezlanishi”, “Ultramaydadonsimon materiallar olishning istiqbolli yo‘nalishlari”, “Xalqaro ta’lim loyihalarini rivojlantirish strategiyasi”, “O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” va “Xalqaro birliklar sistemasining barqaror rivojlanishi” kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi yechimini kutayotgan muammolar, innovatsion texnologiyalar, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, hayotiy faoliyat xavfsizligi kabi masalalar yuzasidan o‘zaro baxs munoazara ham bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring