AQSh Isroilga 320 million dollarlik bombalarni beradi

Isroil Qo‘shma Shtatlardan 320 million dollarlik yuqori aniqlikdagi GPS boshqaruvidagi Spice bombalarini oladi, deb yozadi New York Times.
Isroil armiyasi allaqachon G‘azo sektorida shunga o‘xshash bombalarni qo‘llagan, Qo‘shma Shtatlar ularni 2020 yilda yetkazib bergan.
Isroil arsenalidagi havo bombalari, birinchi navbatda, og‘irligi 450-900 kg bo‘lgan snaryadlardan iborat — ular har qanday mamlakat qurollari orasida eng og‘irlaridan hisoblanadi.
New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, urushning dastlabki ikki haftasida tashlangan bombalarning taxminan 90 foizi aynan shunday bo‘lgan. Mutaxassislarning va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga ko‘ra, Isroil armiyasi aholi zich joylashgan Jabaliya hududidagi havo hujumida kamida ikkita 900 kilogrammlik bomba ishlatgan.
Pentagonning fikricha, kichikroq bombalar G‘azoning zich joylashgan shaharlarida foydalanish uchun ko‘proq mos keladi, deb yozadi gazeta, ammo Isroil birinchi navbatda Livandagi «Hizbulloh»ning mustahkamlangan pozitsiyalariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan og‘ir snaryadlarni jamg‘armoqda.
Avvalroq Isroilning Quddus va meros ishlari bo‘yicha vaziri Amixay Eliyahu G‘azo sektoriga ommaviy qirg‘in quroli sanalgan atom bombasini qo‘llashni ehtimoliy variant sifatida ko‘rishini bildirgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida qurbon bo‘lganlar soni o‘n ming kishidan oshgan. Ularning 4104 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter