Beshta hududda koronavirus aniqlandi

2020-yil 25-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 (+89) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2286 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter