Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona xodimlari rotatsiya qilinadi

Bojxona xodimlari rotatsiya qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident o‘tkazayotgan yig‘ilishda bojxona xodimlarining halol ishlashini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala ekanligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan:

  • bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinadi;
  • 1 martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
  • bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish joriy etiladi;
  • bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu ustamalar aniq ko‘rsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;
  • olis va sharoiti og‘ir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha ustamalar joriy etiladi;
  • bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring