Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bosch» kompaniyasi tabiiy so‘zlashuv nutqida boshqariladigan avtomobil tizimini yaratdi

«Bosch» kompaniyasi tabiiy so‘zlashuv nutqida boshqariladigan avtomobil tizimini yaratdi

Foto: «Rambler»

Ovoz yordamida boshqariladigan avtomobil tizimlari hozirda ko‘pchilikni hayratga solmaydi, shuningdek, ular mutlaq yetuklik yo‘lidan ancha yiroqda. «Bosch» kompaniyasining taniqli mutaxassislari bir nechta tilni tushuna oladigan va tabiiy so‘zlashuv tili yordamida muloqot qilishi mumkin bo‘lgan «aqlli» avtomobil tizimi ustida ham ish olib bormoqda, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

Ovoz yordamida boshqariladigan avtomobillarning asosiy muammolaridan biri, masalan «Ford» kompaniyasining SYNC tizimini boshqarish uchun uning o‘zi taqdim etgan aniq bir buyruqlarni yodlab olish zarur. Biroq mavjud shablondan ozgina noto‘g‘ri berilsa ham tizim uni qabul qilmaydi. «Bosch» kompaniyasining tizimi esa ushbu muammoni yechishga qaratilgan bo‘lib, u haydovchi va tizim o‘rtasidagi aloqani tabiiy so‘zlashuv tizimiga solishda yordam beradi.

Ayni vaqtda yangi tizim sozlamalarni o‘zgartirmasdan turib avtomatik ravishda turli mamlakatlarning 30 dan ortiq tilidagi dialektikasini taniy oladi. Shu bilan birga, tizim real vaqtda boshqa tillarga o‘ta oladi, ularni tushunadi. Tizimning ma’lumotlar bazasiga 44 ta ayollar va 8 ta erkaklar ovozi yozilgan bo‘lib, u haydovchilarga so‘ralgan ma’lumot bo‘yicha javob bera oladi.

Agarda tizim «Keysi» ismiga moslashtirilgan bo‘lsa, uni istalgan vaqtda boshqasiga o‘zgartirish mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha afzalliklarga qo‘shimcha ravishda, «Bosch»ning yangi tizimi internet yoki boshqa axborot tarmoqlari bilan aloqa qilmasdan, oflayn rejimda ishlashga qodir. Bu kabi vaziyatda u tashqi olam bilan aloqani talab qiladigan buyruqlarni aloqa paydo bo‘lganiga qadar bajarishni chetga qoldiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring