Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun havo harorati salqinligicha qoladi

Bugun havo harorati salqinligicha qoladi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° bo‘ladi.

Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring