Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper: «O‘zbek futbolchilari Yevropada o‘ynashga tayyor»

Ektor Kuper: «O‘zbek futbolchilari Yevropada o‘ynashga tayyor»

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Anjuman davomida termamiz murabbiyi o‘zbek futbolchilarining Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynamasligi haqidagi savolga javob berarkan, buning sababini bilmasligini tan oldi. Ammo murabbiy o‘zbek futbolchilari Yevropada o‘ynash uchun tayyor ekanini ta’kidlab o‘tgan.

– Juda qiyin savol. Balki futbolchilar O‘zbekistondan chiqqisi kelmas? Balki Yevropaga borgisi kelmas? Kimgadir Rossiya yoqadi, kimgadir esa Xitoy. Buni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Ammo shuni ayta olaman, o‘zbek futbolchilari Yevropada o‘ynashga tayyor. Bunga umuman shubham yo‘q. Ammo nima uchun ular Yevropada o‘ynamasligini bilmayman, –deya  ma’lum qildi Kuper.  

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring