Eron hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar hamda ularning yaqinlari diqqatiga!

2020-yil 1-martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston Elchixonasi huzurida Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tunu kun faoliyat yuritadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi paytda 50 ga yaqin hamyurtlarimiz turli sabablarga ko‘ra Eronda bo‘lib turibti, ertalab 6 mart holatiga ko‘ra ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.
Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, Ishchi guruh a’zolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.
«Elchixona rasmiy veb-sayti va telegram messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali O‘zbekiston fuqarolariga Eron hukumati o‘rnatgan me’yor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qat’iy rioya qilishlarini, vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin, hotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi. Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach O‘zbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar» — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi Ishchi guruh bilan bog‘lanish ma’lumotlari:
Tel.: +98 2122832071; +98 2122299780;
Kosturayev Kosturajon (konsul), tel.: +98 91201327823.
Elchixonaning internet manbalari:
Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/
Telegramdagi «Citizens of Uzbekistan in Iran» guruhi: https://t.me/UzbekistanCitizensinIran
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter