Falastin Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga a’zo bo‘lmoqda

Falastin Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsadida zarur hujjatlarni taqdim etdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Bosh ofisi Hollandiyaning Gaaga shahrida joylashgan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotidan ma’lum qilinishicha, Falastin shu yil 17-may kuni zarur hujjatlarni BMT Bosh kotibiga taqdim qilgan.
Falastin 2018-yil 16-iyundan tashkilotga rasman a’zo sifatida qabul qilinadi.
Janubiy Sudan, Isroil, Shimoliy Koreya haliyam tashkilotga a’zo emas.
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti 1997-yildan beri faoliyat yuritadi.
Tashkilot Suriyadagi kimyoviy qurollarni yo‘q qilishga katta hissa qo‘shgani uchun 2013 yili tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter